Biologiyadan raqamli texnologiyalar yordamida oʻquv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan veb-platformaning asosiy vazifalari oʻquvchilarni oʻquv jarayoniga faol jalb etish, ularning biologiyaga boʻlgan qiziqishini oshirish, shaxsiy yondashuvni taʼminlash va samarali taʼlimga erishishdir. Bu vazifalar interaktiv darsliklar, simulyatsiyalar, oʻyinlar, viktorinalar va shaxsiy oʻquv rejalari orqali amalga oshiriladi.

Darsdan tashqari o‘quv faoliyat – bu o‘quvchilarning bo‘sh vaqtida fanni ilmiy-metodik manbalar va turli didaktik elektron o‘quv vositalar hamda global tarmoqning manzillarida joylashtirilgan ta’lim muhitlaridan foydalanib mustaqil o‘rganish jarayonidir.

Platformaning asosiy vazifalari:
– Raqamli platformalar interaktiv va vizual oʻquv materiallari bilan oʻquvchilarni biologiyaga qiziqtirish orqali jalb etish;
– Har bir oʻquvchining oʻz surʼati va qiziqishlariga mos keladigan oʻquv yoʻnalishlarini taklif qilish orqali oʻquv jarayonini individuallashtirish;
– Oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasini baholash va qoʻshimcha mashqlar berish orqali bilimlarini mustahkamlash orqali o’quv samaradorligini oshirish;
– Virtual va kengaytirilgan haqiqat (VR/AR) kabi yangi texnologiyalarni oʻquv jarayoniga kiritib, mavzuni chuqurroq tushunishni taʼminlash;
– Oʻqituvchilarga oʻquvchilarning yutuqlarini kuzatish va ular uchun individual mashgʻulotlarni tashkil etishda yordam beradi.